Gilam yuvish fabrikasiga ishchi va haydovchilar kerak
Gilam Yuvish
Gilam yuvish fabrikasiga ishchi va haydovchilar kerak

E’lon

Toshkent shahridagi gilam yuvish fabrikasiga doimiy ishlash uchun ishchi xodimlar va haydovchilar qabul qilamiz.

1. Gilam yuvish bo‘limiga ishchilar

20–40 yoshdagi erkaklar kerak.
Tajriba shart emas, ishni o‘zimiz o‘rgatamiz.
Jismonan baquvvat, chaqqon va mas’uliyatli bo‘lishi kerak.

Vazifalar: gilamlarni yuvishga tayyorlash, yuvish, quritish va tayyor gilamlarni tartibga keltirish.

Maosh: 4 000 000 – 6 000 000 so‘m.

2. Haydovchilar

Gilamlarni mijozlarning uyidan olib kelish va tayyor bo‘lgan gilamlarni mijozlarga yetkazib berish uchun haydovchilar kerak.

Toshkent shahrini yaxshi bilishi kerak.
Haydovchilik tajribasi bo‘lishi kerak.
Mijozlar bilan xushmuomala gaplasha olishi zarur.
Mas’uliyatli, halol va mashinaga ehtiyotkor bo‘lishi kerak.
Buyurtmalarni o‘z vaqtida olib kelish va yetkazib berish talab qilinadi.

Damas xizmat mashinasi beriladi.

Biz taklif qilamiz:

3 kunlik sinov muddati
Doimiy ish.
Maosh o‘z vaqtida beriladi.
Viloyatdan kelganlar uchun yashash sharoiti mavjud.
Ishni darhol boshlash mumkin.

Bizga vaqtinchalik ishlaydigan emas, uzoq muddat ishlash niyatidagi xodimlar kerak.

Manzil: Toshkent shahri
Telefon: *

Qo‘ng‘iroq qilib, “ishchi bo‘yicha” yoki “haydovchi bo‘yicha” murojaat qilayotganingizni ayting.