“Avto-rassrochka” reklamalarida nega raqamlar yashiriladi?

Ish Toshkent

Toshkent
“Avto-rassrochka” reklamalarida nega raqamlar yashiriladi?

Ijtimoiy tarmoqlarda "Boshlang‘ich to‘lovsiz", "0% ustama" yoki shunchaki "muddatli to‘lovga mashina beramiz" degan reklamalarni ko'p ko'ramiz. Lekin aniq shartlarni bilish uchun "lichkaga yozing" yoki "raqamingizni qoldiring" deyishadi.

❓Nega hamma narsani ochiq yozib qo'yishmaydi? Bu erda bir nechta marketing hiylasi bor:

1. "Lid" yig‘ish (lead generation)
Agar reklama matnida hamma shartlar (masalan, 40% boshlang‘ich to‘lov va 30% ustama) yozilsa, ko‘pchilik hisoblab ko‘radi-da, qimmatligini bilib, aloqaga chiqmaydi. Raqamlar yashirilganda esa, siz qiziqib qo‘ng‘iroq qilasiz yoki izoh qoldirasiz. Endi siz — "issiq mijoz"siz va tajribali sotuvchi sizni ko'ndirishi ancha osonlashadi.

2. "Oyiga atigi..." effekti
Marketingda boshlang‘ich to‘lovdan ko‘ra, oylik to‘lovni ko‘rsatish foydaliroq. Masalan, "Mashina 200 million" degandan ko‘ra, "Oyiga 3 milliondan" deyish miyaga yengilroq eshitiladi. Boshlang‘ich to‘lov miqdori esa bu "yoqimli" raqamni buzib qo‘yishi mumkin.

3. Shaxsiy yondashuv (diferensial narxlar)
Avtosalonlar hamma uchun bir xil shart bermaydi. Kimningdir rasmiy daromadi bor, kimdadir yo'q. Narxni yashirish orqali ular har bir mijozning "cho'ntagi" va imkoniyatiga qarab shartlarni o'zgartirish (moslashtirish) imkoniga ega bo'ladilar.

4. "Eshikdagi oyoq" (foot-in-the-door) texnikasi
Siz salon bilan muloqotni boshladingizmi, demak siz psixologik jihatdan bitimga bir qadam yaqinlashdingiz. Narxlarni bilish uchun sarflagan vaqtingiz va harakatingiz sizni "shuncha harakat qildim, olmasam bo'lmas" degan fikrga yetaklashi mumkin.

"Boshlang‘ich to‘lov qancha?" degan savolingizga "lichkada javob berdik" deyishsa, bilingki, sizga nisbatan "qiziqishni ushlab turish" strategiyasi qo'llanyapti.
Bu yerda iqtisodiy mantiq shundaki, agar sotuvchi hamma shartni birdan aytsa, u siz bilan muloqot qilish imkoniyatini yo'qotadi. Raqamlarni yashirish orqali esa ular sizning telefon raqamingizni olib, o'z "bazalariga" qo'shib qo'yishadi.
Reklamadagi "0%" yoki "Boshlang'ich to'lovsiz" degan gaplarga emas, umumiy shartnoma summasiga e'tibor bering.

❗️Unutmang, iqtisodiyotda "bepul tushlik bo'lmaydi" — agar boshlang'ich to'lov bo'lmasa, demak oylik ustama yoki sug'urta xarajatlari balandroq bo'lishi aniq.
©️iqtisodiylabirint

✅ @Ish_Toshkent ✅

Контакты работодателя

Источник: tg: @ish_toshkentОпубликовано 10.04.2026