🚀 OSONISH.UZ bilan kelajak sari: Milliy universitetda “Karyera kuni” o‘tkazildi!

Oson Ish

🚀 OSONISH.UZ bilan kelajak sari: Milliy universitetda “Karyera kuni” o‘tkazildi!

🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Aholi bandligi departamenti boshlig‘i S. Xaytmuratov ishtirok etdi.

💼 Yarmarka doirasida talabalar va bitiruvchi yoshlar uchun osonish.uz platformasining taqdimoti o‘tkazildi.

📌 Jumladan, matematika fakulteti talabasi D. Abdumuxtorov misolida onlayn rezyume shakllantirilib, platforma imkoniyatlari amalda ko‘rsatib berildi. 

Tizim tomonidan unga real vaqt rejimida sun’iy intellekt yordamida 2 095 ta mos bo‘sh ish o‘rni tavsiya qilindi.

📊 Ma’lumot uchun:
• Universitetda hozirda 34 000 nafar talaba tahsil olmoqda.
• 2026-yilda 56 ta mutaxassislik bo‘yicha 8 209 nafar yoshlar universitetni bitiradi.
• osonish.uz platformasidan bugungi kunga qadar 26 348 ta ish beruvchi foydalanib ko‘rgan.
• Platformada ayni paytda 41 996 ta faol bo‘sh ish o‘rni mavjud.

💼 osonish.uz — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Откликнуться
Источник: tg: @osonish_uzОпубликовано 23.04.2026