Тип занятости не указан
📍Hudud: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar
Oson Ish
📍Hudud: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar
💼 Bank kassiri
🏢 "BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
💵 Maosh: 3 500 000 so‘mdan
👥 Bo‘sh o‘rinlar: 1
Moddiy rag‘batlantirish mavjud, Boshqa ijtimoiy paketlar mavjud
Majburiyatlar:
- Naqd pul mablag‘larini qabul qilish va berish bo‘yicha kassa operatsiyalarini amalga oshirish;
- Kirim va chiqim kassa hujjatlarini rasmiylashtirish;
- Kassa kitobi va kunlik kassa hisobotlarini yuritish;
- Mijozlarga moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
- Kassa hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
- Kassa intizomi va tashkilotning ichki me’yoriy hujjatlariga rioya qilish;
- Filial rahbariyatining xizmat vazifasi doirasidagi topshiriqlarini bajarish.
Talablar:
- Kassirlik yoki moliya-bank sohasida ish tajribasiga ega bo‘lish (afzallik beriladi);
- Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini bilish;
- Microsoft Word va Excel dasturlaridan erkin foydalana olish;
- Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va halollik;
- Mijozlar bilan muloqot qilish ko‘nikmasi;
- Stressga chidamlilik va intizomlilik.
Ish sharoitlari:
- Barqaror va rivojlanayotgan mikromoliya tashkilotida ishlash imkoniyati;
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
- Ahil jamoada faoliyat yuritish;
- Kasbiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyatlari.
👉 Vakansiya sahifasi
#Sirdaryo_viloyati #Guliston_shahar #Moliya_iqtisod_boshqaruv
💼 Yangi vakansiyalar: @osonish_uz
Контакты работодателя
Источник: tg: @osonish_uz ↗Опубликовано 05.11.2026
Похожие вакансии
Подпишись на @ishka_uz — подборки свежих вакансий 2 раза в день
Telegram-канал